Tramp uni “Rossiyaning do‘sti” deb hisoblaydiganlarni kasal deb atadi
Amerikaning sobiq rahbari va Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp uni “Rossiyaning do‘sti” deb hisoblaydiganlar shunchaki “kasal odamlar” ekanini aytdi. Bu haqda u jurnalist Taker Karlsonga bergan intervyusida ma’lum qilgan.
Trampning tushuntirishicha, demokratlar Hillari Klintonning g‘alabasini ta’minlash uchun 2016-yilgi saylovlardan oldin uning Rossiya bilan aloqalari haqida mish-mishlar tarqata boshlagan. Bu “soxta yangiliklar” esa ommaviy axborot vositalari orqali keng yoyilgandi.
“Ular meni Rossiya bilan do‘st bo‘lganimni, Rossiya uchun ishlaganimni, rus josusi bo‘lganimni aytishni yaxshi ko‘radilar. Bu odamlar kasal. <…> “Rossiya, Rossiya, Rossiya” – bu katta yolg’on edi. Bu butunlay yolg’on ekanligi isbotlangan. Bu Hillari Klinton nega yutqazmasligi kerak bo’lgan saylovda yutqazganini oqlash uchun qilingan. <…> Boshqacha qilib aytganda, u ishdan chiqishi kerak edi, lekin matbuot buni ko’tardi va ular buni yaxshi ko’rishdi: “Oh, Rossiya. Yaxshi eshitiladi”, – degan AQShning sobiq prezidenti.
Sharhlar