Tramp saylovda g‘olib bo‘lsa, Ilon Maskni o‘ziga maslahatchi qilib ishga olmoqchi

Foto: Reuters

Tesla va SpaceX egasi Ilon Mask Donald Tramp kuzada AQSH prezidenti saylovida yutib chiqqan taqdirda uning maslahatchisiga aylanishi mumkin, deb yozadi “RBK”.

The Wall Street Journal gazetasi ma’lumotlariga ko‘ra, Tramp va Mask shunday imkoniyatni muhokama qilgan. Manbalar aytishicha, Maskning consultant sifatidagi roli to‘liq belgilanmagan va bu amalga oshmasligi ham mumkin. “Maskka chegaralar xavfsizligi va iqtisod bilan bog‘liq siyosat borasida rasmiy nufuzni taqdim etish” yo‘llari muhokama qilingan. Ushbu masalalar bo‘yicha tadbirkor “yanada faollashgan”, deyiladi xabarda.

Ilon Mask 2022-yil kuzida Twitter ijtimoiy tarmog‘ini sotib olgach, 2021-yil yanvarida Kapitoliyga hujum tufayli muddatsiz bloklab qo‘yilgan Trampning akkauntini qayta tikladi. Mask foydalanuvchilar orasida o‘tkazilgan so‘rovdan keyin buni amalga oshirdi hamda AQSH sobiq prezidenti akkauntining bloklanishi xato bo‘lganini aytdi.

22-may kuni Mask AQSH prezidentligiga mustaqil nomzod kichik Robert Kennedining Tramp va Jo Baydenning o‘zi ishtirokidagi debatlariga boshlovchilik qilish taklifiga rozi bo‘ldi. Bayden va Trampning ilk saylovloldi debatlari 27-iyun kuni bo‘lib o‘tadi, 10-sentabrga ikkinchi raund rejalashtirilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.