Tramp va Xarris debatlari 10-sentyabr kuni ABC News kanalida o‘tkaziladi
Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp vitse-prezident Kamala Xarris bilan bir necha bor debatlar o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda Politico nashri yozadi.
10-sentyabrga belgilangan navbatdagi debatlarni ABC News telekanali o‘tkazadi. So‘nggi kunlarda Tramp debatlarni “konservativroq” Fox News telekanali o‘tkazishini xohlagandi.
Biroq jurnalistlar bilan suhbat chog‘ida AQShning sobiq prezidenti ABC News telekanalida bo‘lishidan yoki bo‘lmasligidan qat’i nazar, Xarris bilan debatlarda qatnashishini ta’kidladi.
Shu bilan birga, Tramp ABC News kanalidan mamnun emasligini ham aytgan, uning so‘zlariga ko‘ra, u AQShning amaldagi prezidenti Jo Bayden va Kamala Xarrisga ko‘proq yon bosadi.
Sharhlar