Tramp Putin va Zelenskiy o‘rtasida muzokaralar tashkillashtirishga va’da berdi
AQSH prezidentligiga nomzodlar Donald Tramp va Kamala Xarris o‘rtasida telemunozara bo‘lib o‘tdi. Unda respublikachilar partiyasidan nomzod Tramp saylovlarda g‘olib chiqsa, lavozimiga kirishib ulgurmasdan Rossiya va Ukraina nizosini tartibga solishni boshlab yuborib, ikkala mamlakat yetakchilari Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy bilan muzokaralarni boshlashga va’da berdi, deb yozadi “RBK”.
Undan “Ukrainaning g‘alabasini istaysizmi?” deb so‘rashdi, ammo respublikachi javobdan qochdi. Tramp Putin va Zelenskiyni juda yaxshi tanishini aytdi va shunday deb qo‘shib qo‘ydi: “Ular bilan aloqalarim yaxshi, va ular meni hurmat qiladi, Baydenni hurmat qilmaydi”.
“Men shunday qilaman — avval bittasi bilan gaplashaman, keyin ikkinchisi bilan gaplashaman va ularni bir joyga to‘playman. Bu urush hech qachon boshlanmagan bo‘lardi… Bayden ular bilan qanday gaplashish haqida tasavvurga ham ega emasdi, bunday qanday to‘xtatishni bilmasdi… Vaziyat esa yanada yomonlashib bormoqda, bu Uchinchi jahon urushiga olib kelishi mumkin”, — dedi Tramp.
“Ukrainaning g‘alabasi” AQSH manfaatlariga mos kelish-kelmasligi haqidagi savolga javoban, u Vashington bitimga erishilishi va nizo tugashidan manfaatdorligini ta’kidladi.
Sharhlar