Golf-klubda Donald Trampga nisbatan suiqasd uyushtirildi
Florida shtati Uest-Palm-Bich shahridagi golf-klubda AQSH prezidentligiga nomzod Donald Tramp nishonga olindi, deb yozadi “Kommersant”. Federal qidiruv byurosi ushbu hodisa Trampga nisbatan suiqasd sifatida tergov qilinayotganini tasdiqladi. Gumonlanuvchi qo‘lga olingan.
Golf-klubni nishonga olgan shaxs Trampdan 500 metrdan kamroq masofada turgan. U miltiq og‘zini Trampning golf-klubiga qaratgan, o‘sha paytda sobiq prezident golf maydonida bo‘lgan. AQSH Maxfiy xizmati o‘t ochgan, shundan so‘ng erkak qochib ketgan. Keyinroq u ushlangan. Voqea joyida AKga o‘xshash miltiq topilgan.
Bu paytda qo‘riqlov xizmati Trampni xavfsiz joyga olib o‘tgan. Jami to‘rt marta o‘q uzilgani aytilmoqda. Sobiq prezident ahvoli yaxshi ekanini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Donald Trampga nisbatan iyul o‘rtalarida Pensilvaniyadagi saylovoldi mitingida ham suiqasd uyushtirilgan edi. O‘shanda 20 yoshli Tomas Mettyu Kruks tribunadan 120 metr masofadagi bino tomida turib, unga o‘q uzgan, Tramp qulog‘idan yaralangan edi. Miting ishtirokchilaridan biri halok bo‘lib, yana ikki kishi yaralangandi. O‘t ochgan shaxs esa Maxfiy xizmat snayperi tomonidan otib o‘ldirilgandi.
Sharhlar