Trampning samolyoti Florida aeroportida boshqa bir samolyot bilan to‘qnashib ketdi
AQSH sobiq prezidenti Donald Trampning xususiy Boeing 757 samolyoti Floridadagi Uest-Pal-Bich xalqaro aeroportida boshqa korporativ samolyot bilan to‘qnashib ketdi, deb yozadi “Kommersant”.
OAVlarga ko‘ra, hodisa 12-mayga o‘tar kechasi yuz bergan. Fuqaro aviatsiyasi federal boshqarmasi o‘sha kuni xususiy Boeing 757 yerda yurib borayotgan paytida, to‘xtab turgan va bo‘sh bo‘lgan korporativ samolyotga qanoti bilan tegib ketganini tasdiqladi. Ammo idora xabarida havo kemasi kimga tegishli bo‘lganiga aniqlik kiritilmagan. Tashkilot surishtiruv boshlagan.
Reuters yozishicha, Donald Tramp Boeing 757 ni 2010-yilda 100 million dollarga sotib olgan. Samolyot Amerika sobiq prezidenti uchun maxsus modifikatsiya qilinib, ikkita dam olish xonasi, uchta vannaxona, yemakxona va konferens-zal bilan jihozlangan. Shuningdek, Trampning buyurtmasi bilan samolyot sig‘imi besh marta — 239 dan 43 ta yo‘lovchi o‘rindig‘igacha kamaytirilgan.
Sharhlar