Rossiyaning Kemerovo shahrida tramvaylar to‘qnashib ketdi, 67 kishi jabrlandi (video)
Rossiyaning Kemerovo shahrida tramvaylar ishtirokida yuz bergan YTHda 67 kishi jabrlandi, deb yozadi “Kommersant” gubernator Ilya Seredyukka tayanib. Uch kishi og‘ir ahvolda yotibdi.
Ikkita tramvay to‘qnashuvi 6-iyun kuni ertalab yuz bergan. YTHga nima sabab bo‘lganiga aniqlik kiritilmayapti. Bir qator Telegram-kanallarda paydo bo‘lgan kuzatuv kameralari videolarida tramvay katta tezlikda burilganini, bu vaqtda avtomobil yo‘liga bir nechta odam otilib chiqib ketganini ko‘rish mumkin.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ulashish:
Sharhlar