Xalqaro valyuta jamg‘armasi Ukrainaga 1,1 mlrd dollarlik yangi transhni ma’qulladi
Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) Ukrainaga bir milliard dollardan ortiq miqdorda transh ajratilishini ma’qulladi. Bu haqda tashkilot saytida xabar berildi.
XVJ direktorlar kengashi kengaytirilgan moliyalashtirish dasturini ko‘rib chiqishni yakunladi va Kiyevga 1,1 milliard miqdorida kredit taqdim etishni ma’qulladi. Mablag‘lar Ukraina davlat budjetini qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan.
Bayonotda ta’kidlanishicha, Ukraina iqtisodiyoti hozirgi qiyinchiliklarga qaramasdan, baqrqaror bo‘lib qolmoqda.
Ulashish:
Sharhlar