KXDR Janubiy Koreya bilan transport qatnovini uzdi
KXDR hududiy chegaralash siyosati doirasida Janubiy Koreya bilan transport qatnovini butunlay uzdi. Bu haqda Shimoliy Koreya Markaziy telegraf agentligi xabar bermoqda.
KXDR Mudofaa vazirligi Kanvon provinsiyasi Koson uyezdi Kamxo qishlog‘idagi avtomobil yo‘llari hamda Keson shahri Pxanmun tumani Tonne qishlog‘idagi temir yo‘llarni portlatish yo‘li bilan butunlay yo‘q qilgan.
Ushbu xatti-harakatlar xavfsizlik nuqtayi nazaridan amalga oshirilgani aytilmoqda. KXDR hukumati Janubiy Koreyani “mutlaqo dushman davlati” deb ta’riflab, “dushman kuchlarning jiddiy harbiy-siyosiy provokatsiyasi tufayli, vaziyat oldindan aytib bo‘lmaydigan urush yoqasiga yetib kelayotgani”ni ta’kidlamoqda.
Ulashish:
Sharhlar