Turkiya Armaniston bilan munosabatlarni normallashtirish shartlarini belgilab berdi

Фото: Еспресо

Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan, agar Armaniston Ozarbayjon bilan munosabatlarni yaxshilasa, Anqara Yerevan bilan munosabatlarni tiklashga tayyorligini aytdi.

U Armaniston va Ozarbayjon oʻrtasidagi tinchlik Janubiy Kavkaz barqarorligi uchun muhim ekanini taʼkidlab, chegarani delimitatsiya qilish yoʻlidagi soʻnggi qadamlarni ijobiy holat sifatida qayd etdi.

Avvalroq Boku va Yerevan tinchlik kelishuvi bo‘yicha muzokaralarda sezilarli muvaffaqiyatga erishgani xabar qilingandi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.