Turkiya BRICSga kirish uchun ariza topshirdi – Bloomberg
Turkiya BRICSga a’zo bo‘lish uchun ariza berdi, deb xabar beradi Bloomberg. Agentlik maʼlumotlariga koʻra, Anqara buni bir necha oy oldin Yevropa Ittifoqiga qoʻshilish jarayonidagi umidsizlik va NATO ittifoqchilari bilan kelishmovchiliklar fonida qilgan.
Hozircha Turkiya rasmiylaridan hech qanday rasmiy bayonot berilmagan. Avgust oyi oxirida Ozarbayjon BRICSga, yozda esa Tailand va Malayziyaga qo‘shilish uchun xuddi shunday ariza topshirdi.
Hozirda BRICSga Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy Afrika, BAA, Eron, Misr va Efiopiya kiradi.
Ulashish:
Sharhlar