Turkiya harbiy-havo kuchlari Iroq shimolidagi 32 kurd nishonini yo‘q qildi
Turkiya Anqaradagi teraktga javoban Iroq va Suriya shimolidagi Kurdiston Ishchi partiyasi (PKK) marralariga zarbalar berdi, deb xabar bermoqda TRT Xabar mamlakat Mudofaa vazirligi bayonotiga tayanib.
“Turkiya Qurolli Kuchlari olijanob xalqimiz manfaatlarini ko‘zlab, o‘tmishda bo‘lgani kabi, bir nafar terrorchi qolmas ekan, yurtimiz va xalqimiz omon qolishi va xavfsizligi uchun terrorga qarshi kurashni qat’iyat va matonat bilan davom ettiradi”, – deyiladi bayonotda.
Operatsiyalar natijasida partiyaga tegishli 32 ta obyekt vayron qilingan. Shuningdek, amaliyotlar davomida tinch aholini himoya qilish uchun barcha choralar ko‘rilgani ta’kidlangan.
Eslatib o‘tamiz, 23-oktabr kuni ertalab Turkiyaning Qahramanqozon viloyatida joylashgan TUSAS aerokosmik kompaniyasi terrorchilar tomonidan hujumga uchragan edi. Pulemyot, to‘pponcha va granatalar bilan qurollangan ular qo‘riqchilarni yorib o‘tib, asirlarni garovga olishga muvaffaq bo‘ldi. Ikki hujumchi oxir-oqibat yo’q qilindi. Turkiya hukumati ommaviy axborot vositalarida hujumni yoritishni taqiqladi va ijtimoiy tarmoqlarni vaqtincha o‘chirib qo‘ydi.
Sharhlar