Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘onning asosiy raqibi vafot etdi

Фото: Euronews

AQShning Pensilvaniya shtatida Turkiya prezidenti Rajab Erdo‘g‘onning asosiy raqibi bo‘lgan 83 yoshli voiz Fathulloh Gulen vafot etdi. Muxolifatchining o‘limi haqida uning jiyani Ebuseleme Gulen ma’lum qildi, deb xabar bermoqda ferganews.

“Fatullah Gulen qalbining ufqlariga yetib keldi. Alloh taolo sizni rahm qilsin”, — deb yozdi Ebuseleme Gulen X ijtimoiy tarmog‘ida.

CNN Turk telekanaliga ko‘ra, so‘nggi yillarda Fathulloh Gulen buyrak yetishmovchiligi, qandli diabet va aqli zaiflikdan aziyat chekkan.

Fathulloh Gulen 1941-yilda Turkiya sharqida tug’ilgan. U musulmon olamining eng nufuzli olim va mutafakkirlaridan biri bo‘lib, diniy ekstremizm va islomni siyosiylashtirishning turli ko‘rinishlariga qarshi chiqqan. Turkiya va boshqa mamlakatlarda, jumladan, Markaziy Osiyoda ta’lim va tarbiya, maktablar ochish masalalariga alohida e’tibor qaratdi. 1999-yilda AQShga ko’chib ketgan.

Turkiya hukumati Gulenni 2014-yilda terrorchi guruh tuzishda va josuslikda ayblagan va Turkiya sudi uni hibsga olishga qaror qildi. Erdo‘g‘onning so‘zlariga ko‘ra, Gulen Turkiyada “davlat ichidagi davlat” – parallel boshqaruv tizimini yaratgan. 2016-yilda Turkiya hukumati davlat toʻntarishiga urinish boʻlganini eʼlon qilib, bunga Gulen va uning tashkiloti FETOni ayblagan. Fathullohning o‘zi davlat to‘ntarishiga urinishini qoraladi. Anqara Vashingtondan Gulenni ekstraditsiya qilishni bir necha bor talab qilgan. Turkiyada uning harakati terrorchi sifatida tan olingan.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.