Erdo‘g‘on Turkiyaning ShHTga qo‘shilish niyatini ma’lum qildi
Turkiya Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ning to‘la huquqli a’zosiga aylanmoqchi. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”. ShHTga qo‘shilish bo‘yicha taxminiy muddat haqida u hech narsa demadi.
“Hozir ShHTda kuzatuvchi maqomiga ega bo‘lgan Turkiyaning maqsadi tashkilotga to‘la huquqli a’zo bo‘lishdan iborat. Endi u “Shanxay beshligi”ga qo‘shilishi kerak”, — dedo Erdo‘g‘on Vashingtondagi NATO sammiti yakunlari bo‘yicha matbuot anjumanida.
Turkiya prezidenti 3—4-iyul kunlari Ostonada bo‘lib o‘tgan ShHT sammitida qatnashdi. Tadbir doirasida u Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashib, uni Turkiyaga taklif qildi. Sammitdan keyin Erdo‘g‘on ShHT doirasida Rossiya va Xitoy bilan aloqalarni rivojlantirish niyati haqida ma’lum qildi.
Sharhlar