Turkiya TIV Ukrainaning hududiy yaxlitligini saqlab qolish tarafdori ekanligini bildirdi

Фото: Astra

Ukrainadagi mojaroning adolatli hal etilishiga mamlakat hududiy yaxlitligi saqlanishi sharti bilan erishish kerak, dedi Turkiya tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan “Hurriyet” gazetasiga bergan intervyusida.

Uning taʼkidlashicha, Rossiya va Ukraina oʻrtasida umumiy til izlash davom etmoqda va hech bir tomon “bu jarayonda magʻlub boʻlishni istamaydi”. Turkiya ham Kiyev, ham Moskva bilan alohida aloqalarga ega va mojaroning har ikki tomonini tinglashga tayyor, deya qoʻshimcha qildi Fidan.

“Ammo do’st faqat haqiqatni aytadi, biz shunday qilamiz. Ukrainaning hududiy yaxlitligi doirasida adolatli qaror topilishi kerak”, – degan vazir.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.