Turkiya “xorijiy agentlar to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilishga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Флаг Турции
Фото: freepik.com

Turkiya “xorijiy agentlar to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilishni rejalashtirmoqda, deya xabar beradi Bloomberg. Mamlakat rasmiylari yangi qonun bo‘yicha jinoiy javobgarlikni joriy etishni rejalashtirmoqda, eng katta jazo yetti yilgacha qamoq jazosi bo‘ladi. Ular “davlat xavfsizligi, uning ichki yoki tashqi siyosiy manfaatlariga qarshi ishlayotganlarni” sud qilishni rejalashtirmoqda, deb yozadi agentlik.

Qonun loyihasi yaqin kunlarda mamlakat parlamentida muhokama qilinadi. Agentlikning ta’kidlashicha, u yaqinda Gruziyada qabul qilingan qonunga o‘xshaydi va bu o‘z navbatida Rossiyaning “xorijiy agentlar to‘g‘risida”gi qonunini eslatadi.

Turk muxolifati keng talqin qilish imkonini beruvchi qonun matniga e’tibor qaratmoqda. Muxolifatdagi Rekpublika xalq partiyasi deputati Inan Akgun Alpning aytishicha, qonun loyihasi “juda repressiv muhit” uchun zamin yaratadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.