Turkiyada Instagramga kirish to‘qqiz kunlik cheklovdan so‘ng tiklandi
Turkiyada 2-avgust kuni kirishi cheklangan Instagram ijtimoiy tarmog‘i blokdan chiqarildi.
“Biz boshidanoq ijtimoiy media platformalarining Turkiya Respublikasi qonunlariga hurmat ko‘rsatishini xohlagan edik. Instagram vakillari bilan olib borgan muzokaralarimiz natijasida blokni olib tashlaymiz <…> ular bizning talablarimizni qondirishga va’da berishdi”, – dedi mamlakat transport va infratuzilma vaziri Abdulqodir Uralog’li X tarmog’ida.
Uning aniqlik kiritishicha, bu talablar, jumladan, foydalanuvchi kontentini “senzura qilish” va tarqatilishi Turkiya qonunchiligi bo‘yicha jinoyat hisoblangan va o‘chirib tashlanishi lozim bo‘lgan materiallarni olib tashlash bilan bog‘liq.
“Turkiye Gasetesi” ijtimoiy tarmoqlardan Turkiyada 60 million odam foydalanishini yozdi.
Sharhlar