Turkiyada millionlab daydi itlardan xalos bo‘lishmoqchi
Prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on may oyida “sanoati rivojlangan hech bir davlatda ko‘cha itlari bilan bunday muammo yo‘q”ligini aytdi.
Mamlakat hukumati ayniqsa quturish kasalligi tarqalishi xavfidan xavotirda, deb yozadi Der Spiegel Birgina Istanbulning o‘zida 300 mingga yaqin daydi itlar bor.
Hukmron “Adolat va taraqqiyot” partiyasi qonun loyihasini taklif qildi, unga ko‘ra, daydi itlar ushlanib, boshpanalarga joylashtiriladi. Itlar u yerda 30 kun saqlanadi va bu vaqt ichida ularni hech kim qabul qilmasa, itlar evtanaziya qilinadi.
Hayvonlar huquqlari faollari bu g‘oyaga qarshi norozilik bildirishmoqda va muqobil yo‘l – ko‘cha itlarini ko‘paytirishning oldini olish uchun sterilizatsiya qilishni taklif qilishmoqda.
Sharhlar