Turkiyada Rossiya va Belarusdan kelgan sayyohlarni olib ketayotgan avtobus ustunga urilib ketdi
Rossiyalik va belaruslik sayyohlarni olib ketayotgan avtobus Turkiyaning Alaniya shahridan Antaliya aeroportiga ketayotganida yo‘ldagi beton ustunga urilib ketdi, deb xabar bermoqda Turkiya OAV.
Interfaks agentligining aniqlik kiritishicha, mikroavtobusda Rossiya va Belarusdan jami 20 nafar sayyoh bo‘lgan. Hodisa oqibatida 16 nafar rossiyalik tan jarohati oldi.
Agentlikning aniqlik kiritishicha, avtobus haydovchisi shifoxonada vafot etgan.
Turkiyaning NTV telekanali xabariga ko‘ra, avtohalokat Manavgat hududidagi aylanma yo‘lda sodir bo‘lgan, u yerga ko‘plab tez yordam mashinalari yetib kelgan va jabrlanganlarni eng yaqin shifoxonalarga yetkazgan.
Ulashish:
Sharhlar