Turkiyada yagona transport kartasi joriy etiladi
“Türkiye Kart” yagona transport kartasi loyihasi yil oxirigacha Turkiyaning 18 viloyatini qamrab oladi. Bu haqda Turkiya transport va infratuzilma vaziri Abdulqodir Uralog‘lu ma’lum qilgan.
Transport vazirligi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, loyiha sinov rejimida mamlakatning besh viloyati: Kone, Kayseri, Gyumyushxan, Yozgat, shuningdek, Istanbuldagi G‘ayrettepe-Yangi aeroport metro liniyasida amalga oshirilgan.
“Kartaning aholi o‘rtasida mashhurligini inobatga olib, joriy yilda mazkur kartani mamlakatning 18 viloyatida joriy etishga qaror qilindi. Kelajakda Türkiye Kart Turkiyaning 81 viloyatining har birida qo‘llaniladi”, – dedi Uralog‘lu.
Shuningdek, u loyihaning maqsadi turli transport kartalari mavjudligini bartaraf etish ekanligini va u maxsus ilova orqali foydalanish mumkinligini tushuntirdi.
Shu bilan birga, ushbu kartaning uchta turini joriy etish rejalashtirilgan bo‘lib, ularning bir qismi maktab o‘quvchilari va universitet talabalariga beriladi.
Sharhlar