Turkiya dalalarida yuz bergan yong‘inda 10 dan ortiq odam halok bo‘ldi
Turkiya janubi-sharqidagi qishloq xo‘jaligi dalalarida yuz bergan yong‘in oqibatida kamida 11 kishi halok bo‘lib, 70 dan ortiq odam jabrlandi, deb yozadi DW mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Fahriddin Xo‘jaga tayanib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 10 nafar jabrlanuvchi og‘ir ahvolda bo‘lib, ularga mahalliy kasalxonalarda yordam ko‘rsatilmoqda.
Yong‘in 21-iyun kuni kechqurun Diyorbaqir viloyatining qishloq xo‘jaligiga ixtisoslashgan hududida boshlangan va kuchli shamol tufayli qo‘shni Mardin viloyatigacha yoyilib ketgan. Turkiya ichki ishlar vaziri Ali Yerlikaya 21-iyun kuni tunda ma’lum qilishicha, o‘t o‘chiruvchilar yong‘in tarqalishini to‘xtatgan, ammo uni o‘chirish hamon davom etmoqda. Yong‘in sababi noma’lum.
Sharhlar