Turkiyadagi qog‘oz fabrikasi to‘rt kundan beri yonmoqda
Turkiyaning janubi-g‘arbidagi Oydin viloyatidagi qog‘oz fabrikasida sodir bo‘lgan yong‘in to‘rtinchi kundan beri o‘chirilmayapti, yong‘in omborga o‘tdi, deb xabar bermoqda IHA agentligi.
12-iyul kuni kechqurun Soke shahri yaqinidagi qog‘oz fabrikasini yong‘in qamrab olgan, kuchli shamol esa yong‘inning keng tarqalishiga sabab bo‘lgan.
Yong’in havodan va yerdan o‘chirildi, bir vaqtning o‘zida nazorat ostiga olindi, ammo yakshanba kuni yong‘in yangi kuch bilan alangalandi. Uglerod oksidi yutilishi oqibatida bir necha kishi jarohatlangan va kasalxonaga yotqizilgan.
Ulashish:
Sharhlar