Turkiyaning Antaliya viloyati kuchli yomg‘ir tufayli suv ostida qoldi (video)

Фото: РИА Новости

Turkiyaning Antaliya viloyatida kuchli yomg‘ir tufayli toshqin yuzaga keldi, deb xabar beradi Ekonomim gazetasi.

Jala Antaliya markazida 12 fevral kuni kechqurun boshlanib, tunda kuchayib ketgan. Kuchli yomg‘ir tufayli yo‘llar suv ostida qolgan. Fuqarolar va transport vositalari qiyinchilik bilan harakatlangan. Qishloq hududlarda esa ba’zi dahalarda uylar va boshqa binolar toshqin ostida qolgan. Ba’zi hududlarda transport qatnovi to‘xtab qolgan.

Antaliya gubernatori noqulay ob-havo va toshqinlar tufayli, beshta markaziy tuman — Aksu, Do‘shemealti, Kepez, Konyaalti va Muratpashada maktablarni bir kunga yopdi.

Shuningdek, mahalliy aeroport ham parvozlarni to‘xtatgani xabar berilmoqda.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.