Turkiyaning deyarli barcha banklari Rossiya va Belarus bilan ishlashdan bosh tortdi
Rossiya rasmiylarining olti oydan ortiq davom etgan Turkiya bilan bank to‘lovlarini blokirovkadan chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishishga urinishlari boshi berk ko‘chaga kirdi.
Turkiyaning deyarli barcha banklari Rossiya va Belarus bilan bog‘liq tranzaksiyalarga xizmat ko‘rsatishdan bosh tortishga qaror qildi, deya xabar beradi TASS vaziyatdan xabardor manbaga tayanib. Uning so‘zlariga ko‘ra, xorij ishtirokidagi barcha turk kredit tashkilotlari allaqachon Rossiya kompaniyalari uchun to‘lovlarni to‘xtatgan, endi esa xorijiy hamkorlari bo‘lmagan davlat va xususiy banklar ularga qo‘shilish niyatida.
Banklar “kelajakdagi ehtimoliy cheklovlar va sanktsiyalar ko‘rinishida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolardan o‘zlarini himoya qilishga” harakat qilmoqda, deya tushuntiradi TASS manbasi. Rossiya-Turkiya savdosiga xizmat ko‘rsatishni davom ettirayotgan mamlakatda amalda qolgan yagona bank – bu Emlak Katılım banki hisoblanadi. U lira va rubldagi to‘lovlarni davom ettirmoqda, dollar va yevrodagi operatsiyalar esa ko‘plab turk banklari tomonidan darhol blokirovka qilinyapti.
Sharhlar