“Turkmangaz” va “Gazprom” gaz yetkazib berish shartnomasini uzaytirishdan voz kechdi

фото: kun.uz

“Turkmangaz” va “Gazprom” Turkmaniston gazini Rossiyaga yetkazib berish bo‘yicha shartnomani uzaytirishni narx masalasi tufayli kelisha olmadi.

“Biz muzokaralar olib bordik va tijorat qismi bo‘yicha umumiy kelishuvga erisha olmadik. Shu bois shartnoma shartlariga ko‘ra, aynan shu davrda narx qayta ko‘rib chiqilishi, tomonlar rozi bo‘lmasa, shartnoma 30-iyun kuni bekor qilinishi kerak edi”, — deydi “Turkmangaz” boshqaruvi raisi Maqsat Babaev. Uning sщzlarini “TASS” keltiradi.

Bundan tashqari, u turkman gaziga shimoliy, g‘arbiy va sharqiy hududlardan talab borligini ta’kidladi. “Shunday qilib aytish mumkinki, biz har kuni turli xaridorlar va mamlakatlar bilan muzokaralar olib boramiz, shuning uchun hammasi bo‘lishi mumkin”, – deya qo‘shimcha qiladi u.

2019-yilda “Gazprom” va “Turkmangaz” o‘rtasida tabiiy gaz sotib olish bo‘yicha besh yillik shartnoma imzolangan bo‘lib, uning amal qilish muddati joriy yilning 30-iyunida tugadi. Shartnoma shartlariga ko‘ra, Turkmanistondan “Gazprom”ga yillik gaz yetkazib berish hajmi 5,5 milliard kub metrga yetishi mumkin.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.