Tayvan orolga Xitoyning 27 ta uchar qurilmasi yaqin kelganini ma’lum qildi
Tayvan Mudofaa vazirligi bir kecha-kunduzda Xitoy Xalq ozodlik armiyasining 27 ta uchar qurilmasi va sakkizta kemasi orolga yaqin kelganini ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”.
17 ta uchar qurilma Tayvan bo‘g‘ozi oraliq chizig‘ini kesib o‘tib, orolning janubi-g‘arbiy qismidagi havo hujumiga qarshi mudofaa zonasiga kirgan. Bunga javoban Tayvan armiyasi kuzatuv uchun aviatsiya, kemalar va yer usti raketa majmualarini ishga solgan.
Tayvan bo‘g‘ozining oraliq chizig‘i — Tayvan havo hujumiga qarshi mudofaa tizimining identifikatsiya zonasi (respublikaning hududiy chegaralari bilan mos tushmaydi). Chiziq qit’a va orol o‘rtasidagi Tayvan bo‘g‘ozi akvatoriyasida Xitoy va Tayvan o‘rtasidagi norasmiy suv va havo chegarasi hisoblanadi. Chiziq rasman belgilab qo‘yilmagan. 1990-yillar oxirigacha tomonlar chiziqni kesib o‘tmagan, undan keyin esa Xitoy shunday qilishni boshladi.
Sharhlar