UEFA Turkiya terma jamoasining o‘yinchisi Merix Demiralni ikki o‘yinga chetlatdi
Yevro-2024 1/8 finalida Avstriyaga qarshi g‘alaba qozongan o‘yinda dublni qayd etgan turkiyalik himoyachi endi Gollandiyaga qarshi chorak finalda hamda unda g‘alaba qozonilgan taqdirda, yarim finalda jamoasiga yordam bera olmaydi. UEFA matbuot xizmati Demiralni diskvalifikatsiya qilish qarorini elon qildi.
Bu qarorga futbolchining o‘z jamoasi gollaridan birini nishonlash chog‘ida ko‘rsatgan imo-ishorasi sabab bo‘lgan. Bu Germaniyada 18 mingdan ortiq a’zosi bo‘lgan turk o‘ng qanot ekstremistik “Bo‘rilar” guruhining belgisidir.
Ba’zi mamlakatlarda u taqiqlangan, Germaniyada u Konstitutsiyani himoya qilish federal idorasi nazorati ostida. “Bo‘rilar” belgisi ham rasman taqiqlanmagan, ammo Germaniyada turlicha qabul qilinadi.
26 yoshli Demiral Yevroda dubl qayd etgan ilk turk futbolchisi bo‘lib, u Yevropa chempionati pley-off bosqichida urilgan eng tez gol muallifiga aylandi.
Sharhlar