Ukraina AQShdan $3,9 mlrd miqdorida grant oldi
Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal o‘zining Telegram-kanalida Kiyev Jahon banki orqali AQShdan 3,9 milliard dollar miqdorida grant olgani haqida xabar berdi.
“Ukraina Jahon banki orqali AQShdan 3,9 milliard dollar qaytarilmaydigan grant oldi”, — deb yozadi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu joriy yilda AQSh tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri byudjetni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha birinchi transhdir.
Uning qayd etishicha, bu mablag‘lar o‘qituvchilar, shifokorlar va qutqaruvchilarga maosh to‘lash uchun sarflanadi. Shuningdek, Shmigalga ko‘ra, Kiyev 2024-yilda Vashingtondan 7,8 milliard dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri byudjet yordami olishi kerak.
Bundan oldin Shmigal Kiyev sentyabr oyida YeIdan 4,1 milliard yevro miqdoridagi transhni kutayotganini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakat Ukraine Facility dasturi bo‘yicha 2024 yilning ikkinchi choragi uchun ko‘rsatkichlarni muvaffaqiyatli bajargan va Yevropa Komissiyasining ijobiy bahosini olgan.
Sharhlar