Ukraina Bosh prokurori: Donetsk oblastida ukrain harbiysining boshi olingan
Ukraina Bosh prokurori Andrey Kostin Bosh prokuraturaga “Rossiya bosqinchi kuchlarining Donbassning Volnovaxa rayonidagi bo‘linmalaridan birining qomandirlari ukrainalik harbiylarni asirga olmaslik, balki ularni g‘ayriinsoniy shafqatsizlik bilan o‘ldirish, ya’ni boshini olish haqida buyruq bergani to‘g‘risida ma’lumot olganini aytdi.
Andrey Kostinning so‘zlarini Ukraina Bosh prokuraturasi o‘zining rasmiy veb-saytida keltiradi, unda “Ukrainalik himoyachining boshini kesish fakti Donetsk oblastida qayd etilgan”i tasdiqlangan.
“Ukraina harbiylari Donetsk oblastidagi jangovar pozitsiyalardan birida havodan razvedka o‘tkazish chog‘ida Ukraina mudofaa kuchlarining shikastlangan zirhli mashinasini topdi. Unda ukrainalik himoyachining kesilgan boshi bor edi”, — deyiladi xabarda.
Bosh prokuratura tomonidan chop etilgan fotosuratda kapotning o‘sha qismi xiralashtirilgan. Rossiya tomoni bu bayonotga izoh bermadi.
Sudgacha tergovni Donetsk va Lugansk oblastlaridagi Ukraina xavfsizlik xizmati (UXX) boshqarmasi olib bormoqda.
“Bunday harakatlar Jeneva konvensiyasining harbiy asirlar bilan muomala qilish to‘g‘risidagi moddalari va xalqaro qurolli mojarolar qurbonlarini himoya qilishga oid Jeneva konventsiyalarining qo‘shimcha protokoli qoidalarini qo‘pol ravishda buzish hisoblanadi”, — deyiladi Ukraina Bosh prokuraturasi ofisining xabarida.
Sharhlar