Ukraina Bosh razvedka boshqarmasi Rostov oblastidagi “Atlas” neft bazasiga uyushtirilgan hujumga aloqador ekanini tan oldi

Фото: РБК

Ukraina Bosh razvedka boshqarmasidagi ayrim manbalar Rostov oblastidagi “Atlas” neft bazasiga qilingan hujumga aloqadorligini tan oldi, deb yozadi VVS.

Ukrainaning kamida uchta yirik axborot agentligi, “RBK-Ukraїna”, “Interfaks-Ukraina” va UNIAN mamlakat Mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasidagi (BRB) anonim manbaning so‘zlariga ko‘ra, Rostovning Kamenskiy rayonidagi neft omboriga uyushtirilgan hujum Ukraina operatsiyasi bo‘lgan.

“Interfaks-Ukraina” manbasiga ko‘ra, zarba beruvchi dronlardan ishtirokidagi  operatsiyada  “GKR” va Ukraina qurolli kuchlarining maxsus operatsiyalar kuchlari qatnashgan.

BRBdagi manbaning “Interfaks-Ukraina” agentligiga ma’lum qilishicha, zarar ko‘rgan ob’ekt Rossiya harbiy-sanoat majmuasining bir qismi bo‘lib, dushman qo‘shinlarini qo‘llab-quvvatlashda bevosita ishtirok etadi. Operatsiyaning aniq natijalariga oydinlik kiritilmoqda, deya qayd etadi manba.

Janubiy federal okrugdagi Davlat zaxiralari federal agentligi boshqarmasining “Atlas kombinati” federal davlat muassasasi Rossiya qurolli kuchlari uchun neft mahsulotlarini yetkazib berishga ixtisoslashganligi ko‘rsatilgan.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.