Moskvaga qarab uchayotgan Ukraina droni yo‘q qilingani xabar berildi
Rossiya havo hujumiga qarshi mudofaa kuchlari 11-iyulga o‘tar kechasi Ukrainaning beshta uchuvchisiz uchar qurilmalarini tutib oldi va yo‘q qildi, deb yozadi Meduza Rossiya Mudofaa vazirligiga tayanib.
Ikkita dron Bryansk viloyatida, Tambov, Tula va Moskva viloyatlarida bittadan dron yo‘q qilingan.
Moskva meri Sergey Sobyanin ma’lum qilishicha, poytaxt tomonga uchayotgan uchar qurilma Podmoskovyedagi Stupino shahrida urib tushirilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, dron bo‘laklari qulagan joyda vayronagarchiliklar va jabrlanganlar yo‘q.
Rossiya Mudofaa vazirligi iyul oyida ikkinchi marta Podmoskovyeda urib tushirilgan dron haqida xabar bermoqda. Sobyanin Moskvaga qarab uchayotgan dron hujumi qaytarilgani haqida so‘nggi marta 10-mayda gapirgan. O‘shanda uchar qurilma Podolsk osmonida urib tushirilgan.
Sharhlar