Ukraina dronlari Murmansk oblastiga hujum qildi
Navalniyning Murmanskdagi shtabining sobiq koordinatori Violetta Grudina Visokiy harbiy qishlog‘i hududida dron tasvirlangan videoni e’lon qildi. Dronlar Murmansk oblastiga to‘rtinchi kundan beri hujum qilmoqda, deya xabar beradi Grudina guvohlarga tayanib.
Murmansk oblasti gubernatori Andrey Chibis o‘zining telegramdagi kanalida mintaqada “dron qo‘llanishi havo tahdidi aniqlangani”ni aytdi.
Murmansk va Apatitov aeroportlari o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan. Cheklovlar “fuqarolik samolyotlari xavfsizligini ta’minlash uchun” joriy etilgan”, —deyiladi aviatsiya matbuot xizmatining xabarida. Keyinroq aeroportlar o‘z faoliyatini tiklagan.
Ulashish:
Sharhlar