Ukraina dronlari Penza oblastidagi neft omboriga zarba berdi
13-noyabrga o‘tar kechasi Ukraina dronlari birinchi marta Penza oblastiga hujum qilib, Zarechniy yopiq atom shahrida yonilg‘i rezervuariga zarba berdi. Bu haqda gubernator Oleg Melnichenko o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Shuningdek “Montajniy” qishlog‘i yaqinidagi o‘rmonga uchta dron qulagan. Oblast rahbarining so‘zlariga ko‘ra, qurbonlar yo‘q.
Shahar chatlarida mahalliy aholi neft omboriga berilgan zarba oqibatlarini aks ettiruvchi videolar bilan bo‘lishishdi. Guvohlar kuchli portlash ovozi, “oynalar zirrillagani, avtomobil signallari ishlab ketgani” haqida xabar berishgan. Osmonda yorqin qizil chaqnash ko‘ringan.
Zarechniy yopiq shahar bo‘lib, atom sanoati bilan aloqasi va muhofaza vositalarini ishlab chiqarishi bilan taniqli.
Sharhlar