Ukraina dronlari Rossiya harbiy aerodromiga hujum qildi

Украинские беспилотники атаковали российский нефтеперерабатывающий завод, военный аэродром и электроподстанцию в ходе ночной совместной операции киевских силовиков и военной разведки
Фото: Архив

Kiyev xavfsizlik kuchlari va harbiy razvedkaning tungi qo‘shma amaliyoti chog‘ida Ukraina dronlari Rossiya neftni qayta ishlash zavodi, harbiy aerodrom va elektr podstansiyasiga hujum qildi, deya xabar beradi Reuters agentligi Ukraina xavfsizlik kuchlaridagi manbaga tayanib.

Bu manbaga ko‘ra, zarbalar Astraxan oblasti janubidagi Axtubinsk aerodromiga, Volgograd oblastidagi neftni qayta ishlash zavodiga va Rostov oblastidagi elektr podstansiyasiga berilgan.

Axtubinskdagi aerodrom Rossiya Mudofaa vazirligining 929-Davlat parvoz sinov markaziga tegishli bo‘lib, undan 20 km uzoqlikda Rossiyadagi eng yirik havo sinov maydonchasi – Groshevo joylashgan.

Rossiya harbiylari bu xabarlarga izoh bermadi, biroq avvalroq Astraxan oblasti shimolida yirik dron hujumi sodir etilgani, Znamenskda esa terrorchilik xavfining qizil (kritik) darajasi joriy qilingani haqida xabar berilgandi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.