Ukraina Energetika vazirligi: Joriy haftada hujumlar sababli ZAES ikki marta “blekaut” chegarasida qoldi

Фото: Википедия

Rossiya kuchlari tomonidan ishg‘ol qilingan Zaporojуe atom elektr stantsiyasi joriy haftada ikki marta rossiyalik harbiylari tomonidan doimiy o‘qqa tutilishi sababli o‘chirilish arafasida qoldi, deydi Ukraina energetika vaziri German Galushchenko. Otishma natijasida ZAESning elektr uzatish liniyalaridan biri shikastlangan, biroq Galushchenkoning shanba kuni so‘zlariga ko‘ra, energetiklar uning ishini tiklagan.

Vazirning aniqlik kiritishicha, bu Zaporojуe AESni Ukrainaning yagona energetika tizimi bilan bog‘laydigan yuqori voltli havo liniyasi.

“Stansiya yana ikkita elektr uzatish liniyasi orqali elektr energiyasini qabul qilishi mumkin. Energetiklarga mehnatlari uchun minnatdorman”, — deb yozadi Interfaks-Ukraina vazirning so‘zlariga tayanib.

Shu bilan birga, Galushchenko stansiyadagi vaziyat yomonligicha qolayotganini ta’kidlaydi: “Yana bir bor ta’kidlayman, faqat AES ustidan nazorat Ukrainaga qaytarilishi Yevropadagi eng yirik atom elektr stansiyasining xavfsiz ishlashini kafolatlashi mumkin”.

 

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.