Ukraina Germaniya va hamkorlardan 1,4 mlrd yevro miqdorida harbiy oladi

Встреча Шольца и Зеленского 14 мая 2023 года. Фото: president.gov.ua

Germaniya NATOning uchta davlati bilan birgalikda Ukrainaga 2024-yil oxirigacha 1,4 milliard yevrolik yirik harbiy yordam paketini tayyorlamoqda. Bu haqda Germaniya kantsleri Olaf Sholts Berlinda prezident Vladimir Zelenskiy bilan muzokaralar oldidan ma’lum qildi, deb yozadi “Yevropeyskaya pravda”.

Kantsler Germaniya Ukrainaga ko‘rsatilayotgan harbiy yordam hajmi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda ekanligini va havo mudofaasini mustahkamlashga faol yordam berayotganini eslatdi.

“Yil oxiriga qadar hamkorlarimiz – Belgiya, Daniya, Norvegiya ko‘magida biz Ukrainaga yana 1,4 milliard yevrolik paket, jangovar dronlar, radar, o‘q-dorilar yetkazib beramiz”, — dedi Sholts.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Germaniya kelasi yil uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri ikki tomonlama yordam uchun 4 milliard yevro ajratmoqda.

Bundan tashqari, Sholts G7 davlatlari va Yevropa Ittifoqi Ukraina uchun 50 milliard dollarlik ko‘p yillik kredit tayyorlayotganini eslatib o‘tdi, bu esa muzlatilgan Rossiya aktivlaridan tushgan daromad hisobiga to‘lanadi. Kantsler Ukraina unga tayanishi mumkinligiga ishonch bildirdi.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.