Ukraina qo‘poruvchilik-razvedka guruhlari Rossiyaning Belgorod va Kursk viloyatlariga kirishga urindi
Ukraina qo‘poruvchilik-razvedka guruhlari Rossiyaning Belgorod va Kursk viloyatlariga bostirib kirishga uringan, bu haqda rossiyalik harbiy muxbirlar xabar bermoqda.
Wargonzo loyihasi ma’lumotlariga ko‘ra, bir nechta qurolli guruhlar minomyot va artilleriya hujumlari ko‘magida pikaplarda Rossiya hududiga bostirib kirishga uringan. Shuningdek, jurnalistlar xabar berishicha, chegara yaqinida Ukrainaning bir nechta tanklari aniqlangan, ular shiddatli hujumga urinish chog‘ida o‘t ochib turgan. Jang bormoqda.
Bundan tashqari, Kursk viloyati aholisi Tyotkino qishlog‘i hududida otishmalar bo‘lgani haqida ma’lum qilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda esa, go‘yoki, ushbu qishloq yaqinida olingan va avtomat ovozlari qayd etilgan video tarqalmoqda.
Hozircha rasmiy xabarlar yo‘q.
Sharhlar