Ukraina Janubiy Koreyadan 100 mln dollar miqdoridagi ilk yordamni oldi
Ukraina Janubiy Koreyadan 100 million dollar miqdoridagi yordamning birinchi transhini oldi. Bu haqda Ukraina bosh vaziri Denis Shmigal o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qilgan.
“Janubiy Koreyadan 100 million AQSh dollari oldik. Bu koreyalik hamkorlarimiz tomonidan ijtimoiy sohani qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan birinchi byudjet yordamidir”, — deb yozadi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Seul bilan ham 2,1 milliard AQSh dollarigacha mablag‘ jalb etish imkonini beruvchi kelishuv imzolangan. Shmigal to‘lovlar muddatiga, shuningdek, ular qanday shaklda amalga oshirilishiga aniqlik kiritmagan.
Avvalroq Janubiy Koreya hukumati Ukrainaga qurol sotishdan bosh tortgan edi.
Ulashish:
Sharhlar