Ukraina Krasnodar o‘lkasidagi portda yoqilg‘i paromiga raketalar bilan zarba berdi
Ukraina Qurolli kuchlari (UQK) Krasnodar o‘lkasidagi “Kavkaz” portida temir yo‘l paromiga zarba berdi, deya xabar beradi hududning tezkor shtabi.
“Kavkaz portida yoqilg‘i baklari bo‘lgan temir yo‘l paromiga hujum uyushtirildi. Favqulodda vaziyatlar va maxsus xizmatlar voqea joyida ishlamoqda. Yong‘in sodir bo‘lgan hudud va jabrlanganlar haqidagi ma’lumotlar aniqlanmoqda”, — deyiladi xabarda.
Shot kanalining xabardor manbasi aniqlik kiritishicha, Ukraina qo‘shinlari portga “Neptun” raketalari bilan zarba bergan, ulardan biri “Konro Treyder” paromiga tekkan. Hujum Odessa oblastidan amalga oshirilgani aytilmoqda. Kerch bo‘g‘ozi orqali o‘tuvchi ko‘prikda transport harakati vaqtincha to‘sib qo‘yilgan.
Sharhlar