Ukraina mudofaa kuchlari Kursk oblastida Rossiyaning Su-34 samolyotini yo‘q qildi

СМИ РФ и Украины: Сбит СУ-34 ВКС РФ
Фото: МТ

Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi Ukraina qo‘shinlari Kursk oblastida Rossiyaning Su-34 qiruvchisini yo‘q qilgani haqida xabar berdi.

“Bugun tunda Kursk oblasti (RF) hududida jangovar topshiriq davomida Rossiyaning Su-34 qiruvchi-bombardimonchi samolyoti Ukraina harbiy-havo kuchlarining zenit-raketa kuchlari va vositalari tomonidan yo‘q qilindi”, — deyiladi Bosh shtab bayonotida.

Rossiya harbiylari Su-34 halokati haqidagi xabarlarga izoh bermadi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.