Ukraina o‘zining Kursk oblastiga hujumi davomida Britaniyaning Challenger tanklaridan foydalandi — BBC
Kursk oblastiga hujumi chog‘ida Ukraina qo‘shinlari Britaniyaning Challenger 2 tanklaridan foydalandi, deya xabar beradi BBS manbasi.
Britaniya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiylari tomonidan London tomonidan yetkazib berilgan biror konkret qurol qo‘llanayotgani haqida izoh bermasligini aytdi.
Departament vakili avvalroq Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomining 51-moddasiga muvofiq, “Ukraina o‘zini himoya qilish huquqiga ega […], bu Rossiya hududidagi operatsiyalarni istisno etmasligini” aytgandi.
Britaniya hukumatining qayd etishicha, siyosatda hech qanday o‘zgarish bo‘lmagan va Kiуev hamisha yetkazib berilgan qurollardan o‘zi xohlagancha foydalanish huquqiga ega bo‘lgan.
Yagona istisno Storm Shadow raketalaridan foydalanishga taalluqli – ular avval boshidan Rossiyadagi nishonlarga otilishi mumkin emasligi haqida ogohlantirish bilan taqdim etilgan. Kuni kecha Times gazetasining xabar berishicha, Britaniya rasmiylari ittifoqchilar bilan ushbu qoidalarni o‘zgartirish imkoniyatini muhokama qilmoqda.
Sharhlar