Ukraina politsiyasi Irina Farionning qotilligida gumon qilinayotgan shaxsning fotosuratini chop etdi

Фото: Медуза

Ukraina Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, gumondor 20 yoshlardagi, bo‘yi 170–180 santimetr bo‘lgan, ozg‘in erkak.

Uyining hovlisida o‘ldirilgan Irina Farionning qo‘shnilari gumondorni qotillikdan oldin ikki hafta davomida har kuni ko‘rishganini aytishgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, u skameykada o‘tirib, kuzatgan. Undan qayerdanligini so‘rashganida, erkak qo‘shnilariga Ternopoldan ekanligini aytdi.

Guvohlar gumondorning tashqi qiyofasini batafsil tasvirlashga qiynalgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, u doim yopiq kiyimda, shlyapada, ko‘zoynak taqib, qizil qo‘lqopda yurgan.

Xuddi shu belgilar Ukraina Ichki ishlar vazirligining xabarida ham berilgan.

Unda aytilishicha, jinoyat sodir etilgan vaqtda gumondorda to‘q rangli sport shimi, qora kofta ustidan qizil futbolka kiygan, to‘q rangli panama shlyapasi, qo‘llarida qizil qo‘lqop bo‘lgan.

Avvalroq Ukraina rasmiylari Farionning o‘ldirilishida rossiyalik neonatsistlarning ishtiroki haqidagi ma’lumotlarni tekshirayotgani haqida yozgan edik.

 

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.