Ukraina Qurolli kuchlari Kursk viloyatidagi hududni “oylar” ushlab turishi mumkin – Bloomberg
Ukraina armiyasi Rossiya Federatsiyasida joylashgan qo‘shinlarni, jumladan, o‘q-dorilar bilan ta’minlash tizimini o‘rnatdi, deb yozadi Bloomberg AQSh ma’muriyatidagi yuqori martabali manbalarga tayanib.
Shu bilan birga, rossiyalik harbiylar Kursk yaqinida keng ko‘lamli qarshi hujumlarni amalga oshirmayapti, chunki ular asosan Ukraina sharqidagi hujumga qaratilgan, deydi agentlik suhbatdoshlari.
Bloombergning eslatishicha, Vladimir Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan Kursk viloyatida bosib olingan hududlardan Rossiya Federatsiyasi bilan potentsial tinchlik muzokaralarida o‘z pozitsiyasini mustahkamlash uchun foydalanmoqchi edi.
Ulashish:
Sharhlar