Ukraina qurolli kuchlari Rossiyaning Kursk oblastiga hujum qildi. Bu haqda nimalar ma’lum?
6-avgust kuni Kursk oblasti rasmiylari ukrainalik harbiylarning Rossiya bilan chegarani buzib o‘tishga urinishi haqida xabar berdi.
Ukraina qo‘shinlari Yevropaga gaz yetkazib berishning yagona yo‘li bo‘lgan “Sudja” stantsiyasini qo‘lga oldi, deya xabar beradi Z-kanallar.
Rossiya qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov prezident Vladimir Putin bilan uchrashuvda Ukraina armiyasining oldinga siljishi to‘xtatilganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlarining yo‘qotishlari 315 kishini tashkil etgan, ulardan yuz kishi halok bo‘lgan.
Kursk oblasti gubernatori vazifasini bajaruvchi Aleksey Smirnov 24 soat ichida bir necha ming kishi hududni tark etganini aytdi. Ayni paytda qarindoshlari Kursk oblastida qolgan odamlar janglar ketayotgan hududlardan evakuatsiya qilinmayotganidan shikoyat qilmoqda.
“7×7” nashri halok bo‘lgan ikki fuqaroning shaxsini aniqladi: 28 yoshli Sudjalik homilador ayol Nina Kuznetsova (Baza ma’lumotlariga ko‘ra, u 24 yoshda edi) va 28 yoshli Aleksey Trubitsin.
Sharhlar