Stavropolda halokatga uchragan Rossiya harbiy samolyoti Ukraina tomonidan urib tushirilgan
Rossiyaning Stavropol o‘lkasida halokatga uchragan Tu-22M3 bombardimonchi samolyoti Ukraina tomonidan urib tushirilgan. Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlari xabar berdi.
Samolyot havo kuchlarining zenit-raketa bo‘linmalari tomonidan Ukraina Razvedka bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda urib tushirilgan.
Idora da’vo qilishicha, bunday samolyot birinchi marta urib tushirilgan bo‘lib, u Rossiya qo‘shinlari tomonidan Ukrainaning tinch shaharlariga hujum qilishda qo‘llaniladigan X-22 qanotli raketalarni tashuvchi samolyot deb ta’riflanmoqda.
Avvalroq Rossiya Mudofaa vazirligi Stavropolda Tu-22M3 samolyoti halokatga uchragani, uchuvchilar katapulta qilgani haqida xabar bergandi. Ammo idora halokatga, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, texnik nosozlik sabab bo‘lganini qayd etgandi.
Sharhlar