Ukraina va Moldovaning Yevroittifoqqa qo‘shilishi haqidagi muzokaralar 25-iyun kuni boshlanadi
Yevropa ittifoqiga a’zo mamlakatlarning doimiy vakillari Ukraina va Moldovaning ittifoqqa qo‘shilishi haqidagi muzokaralar bo‘yicha kelishib oldi, deb yozadi Meduza.
“Belgiya raisligi 25-iyun kuni birinchi hukumatlararo konferensiyalarni chaqiradi”, — deyiladi Yevroittifoq kengashidagi Belgiya raisligi xabarida. Avvalroq Ukraina tashqi ishalr vaziri Dmitriy Kuleba bunday konferensiya Ukrainaning Yevroittifoqqa qo‘shilishi haqidagi muzokaralarning boshlanishi bo‘lib hisoblanishini aytgandi.
Ukraina Rossiya qo‘shinlarining to‘liq ko‘lamli istilosidan keyin darhol Yevroittifoqqa a’zo bo‘lish uchun ariza bergan edi. Mamlakat buning uchun zarur bosqichlarni juda tez bosib o‘tdi.
Iyun boshida Yevrokomissiya Ukraina va Moldova Yevroittifoqqa qo‘shilish haqidagi muzokaralar boshlanishi uchun barcha shartlarni bajarganini ma’lum qilib, ularni oy oxirigacha boshlashni tavsiya etgan edi.
Sharhlar