Ukraina va Rossiya ko‘chirilgan bolalarni almashishadi
Qatar vositachiligida erishilgan kelishuvga ko‘ra, 29 nafar bola Ukrainaga, 19 nafari Rossiyaga olib ketilishi nazarda tutilgan, deydi Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Bolalar huquqlari bo‘yicha komissari Mariya Lvova-Belova (2023-yilda Xalqaro Jinoyat Sudi uni ukrainalik bolalarni noqonuniy deportatsiya qilishda ayblab hibsga olish uchun order berdi).
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina tomoni bilan bunday muzokaralar birinchi marta shaxsan o‘tkazilgan. Uchrashuv davomida almashinuvda qatnashadigan bolalar ro‘yxati kelishib olindi. Biroq, Ombudsman bu qanday bolalar ekani va nima uchun oilasidan ajralganini tushuntirmagan.
Ulashish:
Sharhlar