Ukrainada halok bo‘lgan 68 ming nafar rossiyalik harbiy orasidan 124 tasi Markaziy Osiyolik bo‘lgani aniqlandi

Фото: Би-би-си

BBC “Mediazona” nashri va ko‘ngillilar guruhi bilan birgalikda Rossiya-Ukraina mojarosida halok bo‘lgan 68 011 nafar rossiyalik harbiyning ismlarini aniqladi. Ularning yarmidan ko‘pi urush boshlanishidan oldin armiya bilan hech qanday aloqasi bo‘lmagan.

Halok bo‘lgan ko‘ngillilar orasida xorijliklar ham bor: 265 kishining ismi-sharifi aniqlangan, ularning aksariyati Markaziy Osiyo davlatlarining fuqarolari:

– O‘zbekiston – 47 kishi;

– Tojikiston – 51 kishi;

– Qirg‘iziston – 26 kishi.

2023-yil oktyabr oyidan beri ko‘ngillilar bo‘yicha haftalik yo‘qotishlar 100 kishidan kamaymayapti va ba’zan 310 kishiga etmoqda.

Shuni ta’kidlash kerakki, janglarda ko‘pincha 42 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan ko‘ngillilar halok bo‘lmoqda (3874 kishi, bu ushbu toifadagi halok bo‘lganlarning 30 foizini tashkil qiladi).

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.