AQSH korporatsiyasi Ukrainada o‘q-dorilar ishlab chiqaradi
Amerikaning Northrop Grumman harbiy-sanoat korporatsiyasi Ukrainada o‘rta kalibrdagi o‘q-dorilarni ishlab chiqarishni boshlamoqchi. Bu haqda Breaking Defence nashri kompaniya vakili Deyv Bartellga tayanib xabar berdi.
“Northrop’ning qo‘shma ishlab chiqarish to‘g‘risidagi bitimi — AQSHning yirik mudofaa pudratchisi va Ukraina hukumati o‘rtasida Ukraina hududida ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ochiqchasiga tasdiqlangan birinchi kelishuvdir”, — deyiladi xabarda.
Bartellning so‘zlariga ko‘ra, kelajakda loyihani 155 mm kalibrli tank va artilleriya o‘q-dorilarini, shuningdek, boshqa snaryadlarni ishlab chiqarish hisobiga kengaytirish rejalashtirilgan. Reja bo‘yicha tafsilotlarni Northrop vakili keltirib o‘tirmadi.
AQSH davlat kotibining harbiy-siyosiy ishlar bo‘yicha yordamchisi o‘rinbosari Stenli Braun o‘z navbatida ta’kidlashicha, Davlat departamentining Ukraina mudofaa-sanoat bazasiga 2 milliard dollar investitsiya kiritishni ko‘zda tutuvchi yangi dasturi bundan keyingi Amerika-Ukraina qo‘shma ishlab chiqarishi uchun eshiklarni ochishi mumkin.
Northrop Grumman bosh qarorgohi Virjiniya shtatida joylashgan. Korporatsiya dunyoda mudofaa daromadi bo‘yicha uchinchi o‘rinda joylashgan (u yiliga 32,5 milliard dollarni tashkil etadi).
Sharhlar