Ukrainada koronavirusning yangi FliRT shtammi aniqlandi

Фото: Росгазета

Ukrainada Covid-19 ning yangi shtammi aniqlandi, bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi rahbarining o‘rinbosari, bosh davlat sanitariya vrachi Igor Kuzin ma’lum qildi.

“2024-yil iyul oyida mamlakatda SARS-CoV-2 koronavirusi FLiRT deb nomlangan yangi subvariantining birinchi holatlari qayd etildi”, — deydi Kuzin (TASS iqtibosi).

Uning qo‘shimcha qilishicha, o‘tgan haftada shifokorlar Kiуevda FLiRT shtammining ikkita subvariantini va Ivano-Frankovsk oblastida bittasini aniqlagan. Kuzinning so‘zlariga ko‘ra, u hatto ilgari koronavirusga qarshi emlanganlarga ham yuqishi mumkin. Shu bilan birga, emlashdan keyin olingan immunitet kasallik paytida asoratlar xavfini kamaytiradi.

Ukraina Sog‘liqni saqlash vazirligi yangi shtammning o‘ziga xos xavf bahosiga ega emasligini ta’kidladi, ammo Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti virusni har bir mamlakat darajasida kuzatib borish kerak, degan fikrda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.